Создать сайт
Понравился? Нажмите -
@ADVMAKER@
pppppp
20 Ноября 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: 183212 | Комментарии: 261

 

sex sayts
20 Ноября 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: 167907 | Комментарии: 418

http://best-new-reklama.fo.ru-siz uchun juda qiziqarli ma'lumotlar shu yerda

<a href="http://tak.ru/partner.php?id=679684"><img src="http://banners.takru.com/3.gif" border=0></a>

Noqonuniy jinsiy aloqaning keng tarqalishi
19 Апреля 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: 262873 | Комментарии: 536
Anas bin Molik (ra) rivoyat qiladilar: “Men sizlarga shunday bir hadis aytib berayki, uni mendan bo'lak kishidan eshitmagaysizlar! Janob Rasulullohdan (SAWS) bunday deb eshitgan erdim: "Qiyomat qoim bo'lmog'i arafasida sodir bo'ladigan shart sharoitlar shuldurkim, o'rtadan (din) ilmi ko'tarilg'ay, jaholat, ichkibozlik, zino kuchayg'ay hamda erkaklar kamayib, ayolla rko'payib ketganidan hatto ellikta ayolga bir erkak to'g'ri kelg'ay.” (Al-Buxoriy 8, 800 A) Payg’ambarimiz Muhammad s.a.w.ning ushbu so’zlari hozirgi davrdagi ahvolni juda aniq qilib ifodalab bergandir. San-Frantsisko va Sidney shaharlari “geylar ozodligini” nishonlashi bilan mashhurdir. Nudist koloniyalari, escort klublar, o’smir yoshlar orasidagi homiladorlikning o’sishi, zino – bular hammasi hozirgi kunda shu darajada ommalashib ketganki, insoniyat bu axloqsizlik to’lqiniga qarshi kurashda mag’lubiyatga uchrashi aniq deb tuyulishi mumkin.Chunki insoniyat allaqachon bu amallarni “yangi avlod” amallari deb qabul qilish chegarasiga yetib kelgan. Boz ustiga, har bir yangi avlod bilan birga buzuqlik darajasi o’sib bormoqda; masalan, hozirgi kunda pornografiya oynaijahon va Internet orqali har bir xonadonga kirib bormoqda va farzandlarimiz fikrlash tarziga juda yosh davrdan boshlab o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Gomoseksualizm dunyoning barcha burchaklarida qo’llab-quvvatlanmoqda.Geylar harakatining ba’zi oqlovchilari tabiatan gey bo’lib tug’ilganliklarini da’vo qilishgacha ham borganlar. Bu oddiy hiyla-nayrang bo’lib, ular bundan o’zlarining behayo xulq-atvorlarini yashirish uchun foydalanmoqdalar. Gomoseksualizm – bu hayot tarzi bo’lib, uni inson o’zi tanlaydi. Alloh taolo har bir narsani juft qilib yaratgan, va kimki bunga qarshi chiqsa, albatta Alloh Taolo bu qilmishi uchun uni javobgarlikka tortadi. Yuqorida zikr qilib o’tilgan Qur’on oyatlari va Payg’ambarimiz s.a.w.ning turli hadislari zino va fohishalik Islomda man qilingan amallar ekalnigini aniq qilib ko’rsatmoqda; bundan tashqari ushbu amallarni doimiy ravishda qilib borish gunohlarni o’girlashtirib boradi, ulardan tezda voz kechgan insonni esa Alloh taolo o’sha onning o’zida mukofotlaydi. Oddiy shartlarga asoslangan holda Islomiy talablar quyidagilardan iborat: Yigit va qizga nikohdan oldin jinsiy yaqinlik qilish man qilingan. Jinsiy yaqinlik faqat qonunan er-xotin bo’lgan kishilarga ruhsat etilgan. Nikoh shartnomasiga ko’ra, jinsiy yaqinlik faqatgina er-xotinga tegishli bo’lgan ularning shaxsiy ishi hisoblanadi; buning ma’nosi shuki, er va xotin o’zlarining “to’shak sirlari”ni ortiqcha qizuquvchan ko’z-quloqlardan asrab yurishlari lozim. Er-xotinning ikkoviga ham boshqa birov bilan noqonuniy jinsiy aloqada bo’lish man qilingan.Ya’ni, er-xotinning ikkoviga ham islomiy bo’lmagan “xotin alamshsih” deb nomlangan buzuq kechalarda qatnashish, fohishaxonalarga borish, boshqa birovning turmush o’rtog’i, yoki turmush qurmagan erkak yo ayol bilan jinsiy aloqaga kirishish man qilingan. Agar erkak kishi birdan ortiq ayolga uylangan bo’lsa (maksimum to’ttagacha), bu holatda unga to’rttala ayoliga teng munosabatda bo’lish sharti bilan ularning har biri bilan alohida jinsiy yaqinlik qilish ruhsat berilgan Shubha hosil qilgan masalalarda Qur’on va Payg’ambarimiz Muhammad s.a.w. sunnatlariga murojaat qilmoq lozim. Ota-ona roli. Farzandlarimiz har kuni oynaijahon, filmlar, video, Internet, gazeta, jurnal, kitoblar va o’rtoqlaridan “jinsiy inqilob” mavzu’siga doir obrazlarga yuzlanadilar. Bular yoshlar miyasini axloq-odob, sipoyilik, qadr-qimmat - eskirgan narsa degan g’oyalar bilan zaharlashmoqda.Agar biz farzandlarimizga hayot haqiqatlarini aytib bermasak, va madaniy qarash nuqtai nazaridan, eng muhimi islomiy qarash nuqtai nazaridan qaysi xulq-atvor maqbul, qaysisi maqbul emasligini tushuntirmasak, unda biz ham farzandlarimiz bilan birga ularning shahvatparastlik, giyohvandlik, o’smir yoshlar orasidagi homiladorlik, fohishalik, alkogolizm va qimorbozlik kabi illatlar iskanjasiga tushib qolgani uchun jazolanishimiz lozim.Metodologiya quyadagicha bo’lishi lozim: 10-12 yoshgacha bo’lgan qiz farzandlarimizga maslahat. Qizim, hozir sening tanangda seni ayol bo’lishingga tayyorlab boruvchi o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar bilan birga bir kunmas bir kun ona bo’lishing mas’uliyati ham qadam bosib kelmoqda. Bu o’zgarishlar ko’kragingda, yuzing, bo’ying, vazningda sodir bo’lib, shu bilan birga bu davrda har oy sistemali ravishda senda hayz qoni kela boshlaydi. Hayz ko’rishning qo’rqinchli tomoni yo’q, aksincha, bu Alloh taoloning bir mo’jizasi deb qabul qil. Har oy hayz ko’rish orqali ayol kishining bachadoni homilador bo’lish uchun urug’lanishga tayyorlanishi – bu Allohning bir mo’jizasidir. Avvalgi avlodga nisbatan hozirgi avlod tanasidagi ushbu o’zgarishlar ancha barvaqtroq boshlangan. Bolalar biz tasavvur qila olganimizdan ham tezroq balog’atga etishmoqda. Oldingi avlod yosh qizlarida hayz oyi 13 yoshdan boshlangan bo’lsa, hozirgi avlod yosh qizlarida 9 yoshdan boshlab hayz ko’rish boshlangan. Bu degani, agar sen hozirdan jinsiy hayot boshlasang, sen tez orada homilador bo’lishing mumkin.Lekin, agar sen bu yoshda homilador bo’lsang, hayotingni istasang-istamasang butunlay o’zgartirishingga to’gri keladi. Barcha orzularing, hayotdagi maqsadlaring, kar’yera qilish xoxishlaringni orqaga surib, tamoman o’tmishda qo’ldirinshing kerak bo’ladi. Sen o’z tanangdan mamnun bo’lishing kerak. Vujudingda turlicha gormonal o’zgarishlar sodir bo’lib, bular o’z navbatida emotsional o’zgarishlarga va kayfiyatingning tez-tez o’zgarib turishiga olib keladi. Shuning uchun bu davr sen uchun qarama-qarshilik va ixtilof davri bo’ladi, ota-onalar bu davrda odatdagidan ko’proq bosiq bo’lishlari va masalalarni farzandlari bilan muloyim va tushunish ohangida muhokama qilishlari lozim. Eng muhim ehtiyotkorlik so’zlari sen uchun - bu o’pishish va jinsiy yaqinlik qilishga da’vat qiladigan tengdosh ortoqlaring qistovidan chetda yurmoqdir. Ba’zi o’smirlar juda achchiq piching otishlari va agarda ularga qo’shilmasang, seni ajratib qo’yishlari mumkin.Shu sababli sen o’zingni yakka his qila boshlaysan. Quloq solma ularga! Sen “Alloh taoloning amrlarini bajaryapman” deb ishoninshing va ularga oddiygina qilib “Yo’q, buning menga qizig’i yo’q” deb javob berishing lozim. Bu qarordan sen hech qachon afsus chekmaysan. Xususan katta yoshdagi yigit va erkaklardan iloji boricha uzoqda yur. Ular seni sovg’a, gullar va sevgi haqidagi soxta so’zlar bilan boshingni aylantirib, makr qilib bokiraligingdan, qizligingdan ayirishga harakat qiladilar. Ishlarini bitirganlaridan so’ng esa seni tashlab, boshqa yana bir begunoh qizni o’zlarining yangi o’ljalariga aylantirish payiga tushadilar.Bu orada esa sen senga aziz bo’lgan ko’pgina narsalardan ayrilasan: - Sen qizlik iffatingni yo’qotasan; - Qur’onda zino qilmaslik haqidagi Alloh taolo amriga xilof ish qilgan bo’lasan; - ushbu jinsiy yaqinlikdan so’ng sen istamaganda homilador bo’lib qolishing mumkin. (ko’pchilik qizlarning “birinchi jinsiy yaqinlikdan so’ng homilador bo’lish xavfi oz” kabi so’zlarga ishonishlari esa juda katta xato hisoblanadi). - ushbu jinsiy yaqinlik tufayli sen tanosil kasalliklardan (bundan OITS ham mustasno emas) birini yuqtirishing mumkin. Bunday kasalliklarning ba’zilari uchun davo yo’q: masalan gerpes va tanosil a’zosidagi so’gal. Bunday kasalliklardan ba’zilarini esa to’g’ri davolantirilmasa, kelajakda seni farzand ko’rish baxtidan mahrum qilishi mumkin.Yoki ta’sir doirasi kengaygan bachadon raki kasalligiga olib kelishi mumkin. 10-12 yoshgacha bo’lgan o’g’il farzandlarimizga maslahat. O’g’lim, hozir sening tanangda turlicha o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar kelajakda bir kunmas-bir kun ota bo’lishing uchun zamin yaratib beradigan yigitlik davriga kirishingga seni tayyorlab boradi. Bu davrda ovozingning o’zgarishini sezishing mumkin; turli tana a’zolaringda husnbuzar va sochlarning paydo bo’lishini ko’rishing mumkin.Tushdagi ihtilomlar bu yoshdagi o’g’il bolalarga xos xususiyatdir. Shu bilan birga kayfiyatining tez-tez o’zgarib turishi ham. Tabiiy badan hidlari ancha kuchayadi, shu uchun shaxsiy gigienaga juda katta e’tibor berishing va va tez-tez dushga kirib turishing shart. Vujuding tez ravishda o’sa boshlaydi. Tanang maksimum jismoniy foyda olishi uchun esa ko’proq ovqatlanishing, badan tarbiyasi bilan shug’ullanishing va uxlashing kerak bo’ladi. Ba’zi o’rtoqlaring qizlar bilan jinsiy yaqinlik qilishga undashi, qilmasang ustingdan kulishi mumkin. Sen o’zingga ishonishing va Qur’on va Payg’ambarimiz Muhammad s.a.w. sunnatlariga asoslaninb ish qiladigan sog’lom fikr sohibi bo’lishing lozim. Sen har bir qiz va ayolga hurmat, muloyimlik va mehribonlik bilan muomala qilishing lozim – qandaydir bir molni ishlatgandek ishlatib, xo’rlab, song tashlab ketish muomalasida emas. Oynaijahon, gazeta va jurnallarda prezervativ OITS kasalliklarini yuqtirib olishdan saqlaydi, kabi reklamarni ko’rishing mumkin. Esingda bo’lsin, Islom buni bizga o’rgatmaydi. Islomda xavfsiz jinsiy yaqinlik – bu faqat nikohdagi jinsiy yaqinlikdir.
Fohishalar, buzuq qizlar
19 Апреля 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: 329273 | Комментарии: 399
Quyidagi hadisda keltirilganidek, Islom fohishalikni qat’iyan man qiladi: Bir ansoriy joriya ayol keldi va “Mening hojam meni zino qilishga majburlaydi” dedi. Shundan keyin quyidagi oyat nozil bo’ldi [Ҳayoti dunyoning o’tkinchi matoҳini istab, poklikni iroda qilgan cho’rilaringizni foҳishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan bo’lsa, bas, albatta, Alloҳ ular majbur qilganlaridan keyin o’ta mag’firatli va raҳmli zotdir. 24:33] (Abu Dovud #2304) Hozirgi jamiyatimizda juda bir achinarli holatni uchratish mumkinki – bu ba’zi kishilarning ba’zi bir sabablarga ko’ra fohishalik ko’chasiga kirib qolganligidir. Fohishalikning eng razili va eng shafqatsizi bu bolalar prostitutsiyasi bo’lib, bu ishga bolalarni o’z ota-onalaridan biri (kamdan-kam uchraydigan, lekin eng vahshatli hol), yoki ularni otaliqqa olgan kishilar, yoki firibgar qalloblar majburlaydilar.Bundan tashqari tadqiqotlar fohishalik va giyohvandlik o’zaro juda mahkam bog’langanligini ko’rsatmoqda. Giyohvandfurushlar odatda hech nimadan xabardor bo’lmagan maktab, kinozal va ko’cha-kuylarda yurgan o’smir yoshlarni bepul narkotik tatib ko’rish taklifi bilan jalb qiladilar. Oqibatda hech nimadan xabari bo’lmagan bu yoshlar istar-istamas narkotikka o’rganib qolishadi va o’sha giyohvadfurushlarning “doimiy mijoz”iga aylanib qoladilar. Bu esa ularni tilanchilik, o’g’irlik, fohishalik ko’chasiga olib keladi, chunki endi narkotik ular uchun bepul bo’lmaydi. Yoshlar bu qo’shmachi xotinfurushu- giyohvandfurushlardan ogoh bo’lishlari lozim – bu dunyoda hech nima bepul berilmaydi, har bir narsada birov uchun qandaydir foyda bor. Hushyor bo’ling! Bundan tashqari, yosh bolalarni xo’rlash orqali buzuq bir ma’noda qoniqish oladigan pedofillarning tahdididan ham ogoh bo’ling!
Qiz chimagan kelin
19 Апреля 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: 3618702 | Комментарии: 3087
Qiz chiqmadi (hikoya) Oilada yolg’iz farzandman, boy emasmiz. Qattiq sevib uylandim. Boshidanoq ikkimiz tanlovimizdan ikki taraf oilamiz rozi bo’lgan. Xammasi to’y kunigacha xuddi ertakdek silliq va chiroylik o’tdi. Suygan qizim bilan 2 yil uchrashib yurib uylanganman, oilasini xam tekshirishdi, qo’ni qo’shnilar og’zidan bol tomib maqtaydigan qiz. Oddiyroq oiladan bo’lganimiz sababli to’y qilish kechikdi, kelin taraf pul yig’di, biz esa kvartiramizni sotdik. Umumiy xovlimiz bor, bu kvartiraga shunchaki ijaraga odam qo’yardik. Chimildiqda sevganim qiz chiqmadi... Shok xolatiga tushdim. O’zi g’ing demaydi. Shu qadar shokda ekanligimdan jaxlim xam chiqmadi, boshqa odam bo’lsa urib tashlab, xaydab yuborardi balki lekin karavotda yotgan qiz men 2 yil bilgan o’zimni suyganim, xech narsani tushunmayman. Javob berish o’rniga tizzasini quchoqlab yig’laydi xolos. Sizni sevaman, sharmanda qilmang, yoshlikdagi xatolik xolos deydi. Tongga yaqin, negadir boshqacha bir junbushga kelib ketdim shekil, uni zo’rladim. Ya’ni xoxishiga qarshi qiynab jinsiy aloqa qildim. O’sha payt xayolimda bu foxishadek edi. Alamimdanmi tushunmayman. Shundan keyingi to’shak xayoti faqat mana shunday tarzda o’tadigan bo’ldi. Xech narsani gapirmaydi faqat xato o’tgan deydi. Bir tarafdan rosti judayam sevaman umuman shu 2 yil ichida yomon tarafi ko’rinmagan, juda kamgap, jiddiy qiz. Bir tarafdan to’yni zo’rg’a qilib xozir xaydab yuborsam yana tushunmayman. Balki xato qilarman, balki yoshligida rosti xato o’tgandir. Gap to’yga ketgan xarajatda xam emas, xar taraflama juda jiddiy ziddiyatdaman. O’zbekchilik qoidasini bilasiz, tekshiruv natijasini yangalarga berish kerak. Bunday voqealarni eshitganim uchun men xam bir yigit kabi sonimni kesib ozgina qon tomchisi bilan berib yubordim. Buyog’i bir gap bo’lar dedim chunki yaxshilab o’ylash kerak keyin qattiq shokda edim. Mana oradan kunlar o’tmoqda xamki umuman karaxt axvoldaman. Xotinim esa indamaydi, kelinlik burchini a’lo bajarmoqda, otam, onam umuman xamma uydagilar uni shunaqangi yaxshi ko’rishadiki tasavvur qila olmaysiz.... Men esa... Sevishgaku sevaman lekin shokdaman xanuz. Ayniqsa birga bo’ladigan payt shu axvol. U bilan eru xotindek emas xuddi foxisha bilan yotgandek qiynab istaganimcha nafsimni qondira boshlayapman. U esa indamayapti. Aynan shu to’shakda uni endi xotinimdek emas bir foxishadek qabul qilyapman. Xech kimga buni ayta olmayman, shuning uchun xam sirli ravishda odamlar fikriga muxtojman. Iltimos menga psixolog yoki kimgadir uchrashishni maslaxat bermanglar, shunchaki fikringizni aytinglar. Qiynalib ketdim. Uni sevaman, oilamga yoqadi, lekin kechalari.... U.
Birinchi jinsiy aloqa
19 Апреля 2012 | Опубликовано в Общие | Просмотры: 307011 | Комментарии: 372
Har bir ayol va erkakning hayotida yuz beradigan birinchi jisniy aloqa aynan chimildiq eshiklari ortida bo'lishini o'zbekchiligimiz, madaniyatimiz, urf-odatimiz va dinimiz taqazo etadi. Aslida chimilqiqqa kirish bahtiga erishganlar bor, erishmaganlar ham bor. Chimildiqdagi birinchi kechani imkon boricha ijobiy tomondan esda qolarlik qilib o'tkazish foydadan xoli bo'lmaydi. Birinchidan, yangalar kutib o'tirgan bo'lishidan qat'iy nazar shoshilmang. Axir bu sizning hayotingiz, sizning turmush o'rtog'ingiz bilan birgalikda qo'yayotgan birinchi qadamlaringizdir. Oldingizda axir butun tun. Shoshib-pishib harakat qilishdan hech kim yutmaydi. To'y yumushlaridan charchagan yangalar mazza qilib uxlab oladi, xolos. Ikkinchidan, chimildiqqa kirishingiz bilan aloqaga kirishmang. Erkak ham, ayol ham bunga ruhan tayyor bo'lishi kerak. O'zbekchilikdagi urf-odatlarga ko'ra ko'pincha bo'lajak er-xotin bir-biri bilan sovchilar yordamida tanishib turmush quradilar, bunda er-xotin bir-birini deyarli tanimagan bo'ladi. Shuning uchun chimildiq ichida bir-biringizga ruhan yaqinlashib, ana undan keyin jismoniy yaqinlashishni boshlasangiz bo'ladi. Uchinchidan, ruhiy yaqinlashuv vujudga kelishi uchun, bir-biringiz bilan romantik mavzuda gaplashing. Ayol juda qo'rqayogan bo'lsa, erkak uni o'ziga ishontirish maqsadida ko'nglini ko'tarishi lozim. Erkak qattiq asabiylashayotgan bo'lsa, ayol unga mehribonroq bo'lib, tajanglik qilmasligi darkor. To'rtinchidan, birinchi jinsiy aloqa keyingi aloqalar uchun muhim poydevordir. U qanchalik ruhan yoqimli o'tsa, shunchalik er-xotin orasidagi keyingi jinsiy munosabatlar yaxshi va ravon bo'ladi. Albatta, ayol uchun birinchi jinsiy aloqa jismonan yoqimli bo'lmasligi mumkin, lekin u aynan shu kuni birinchi bor erining mehrini, unga bo'lgan hurmatini, insonni qadrlay olish qobiliyatini va muhabbatini his eta oladi. Beshinchidan, aloqaning maqsadi yangalarni xursand qilish emas, balki bir-biringizni xursand qilish ekanligi haqida unutmang. Oltinchidan, chimildiq ilohiy bir joy bo'lgani uchun, unda har xil nojo'yi soz'lar ishlatish, haqorat va janjal chiqishidan ehtiyot bo'ling. Yettinchidan, chimildiqqa birov kirishiga yo'l qo'ymang. Chimildiq faqat siz va turmush o'rtog'ingiz uchun yaratilgan joy. Sakkizinchidan, qo'shilib bo'lgandan so'ng, albatta, bir-biringizga minnatdorchilik bildirish haqida unutmang. Ayol kishi uyalgani bilan, uning tabassumidan yoki keyinchalik eriga k'orsatayotgan mehridan minnatdorchiligini bilib olsa bo'ladi. To'qqizinchidan, ayol uchun birinchi aloqa tajribasi uning keyinchalik aloqadan lazzatlana olish qobiliyatiga juda ta'sir qiladi. Ayolda qo'shilishga yoki turmush o'rtog'iga nisbatan nafrat uyg'nmasligi uchun erkak ma'sulitatlidir. O'ninchidan, ota-onangiz duolari bilan sizga chimildiqqa kirish nasib aylagani uchun Hudoimga shkuronalar aytishni unutmang.